Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan foydalana oladi.

A1+

Ommaviy axborotlardan foydalanib zarur ma’lumotlarni izlab topa oladi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A1

doimiy ravishda o‘zini o‘zi rivojlantirish, o‘z hatti-harakatini baholay oladi.

A1+

doimiy ravishda fan integratsiyasi asosida o‘zini o‘zi rivojlantirish, o‘z hatti-harakatini tahliliy baholay oladi.

Axborotli jarayonlar (A1: 7 soat, A1+: 14 soat)

1-mavzu. Kompyuter xonasida xavfsizlik qoidalari va sanitariya­gigiyena talablari (A1:1 soat, (A1+: 1 soat)).

Kompyuterdan foydalanishda xavfsizlik talablari, sanitariya­gigiyena talablari, ko‘z va tana uchun jismoniy mashqlar.

2-mavzu. Informatika fani haqida: informatika fan sifatida; tarixiy ma’lumotlar (A1:1 soat, (A1+: 2 soat)).

Informatika fan sifatida shakllanishida kompyuterning ahamiyati; bilish jara­yoni bosqichlari haqidagi tarixiy ma’lumotlar.

3-mavzu. Axborot tushunchasi (A1:1 soat, (A1+: 2 soat)).

Atrofimizdagi axborot, borliq va uning insonga bog‘liqligi haqidagi bilim va uning amaliy tatbiqlari.

5-SINF

(A1: haftasiga 0,5 soatdan, jami ­ 17 soat)

(A1+: haftasiga 1 soatdan, jami-34soat)

 

 O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiyasi:

A1

axborot kommunikatsion texnologiyasidan foydalanishda biror xorijiy tildagi atamalarning mazmunini tushungan holda uni jarayonga qo‘llash;

muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, hamkorlikda, jamoada ishlay olish.

A1+

axborot kommunikatsion texnologiyasidan foydalanishda ona tilida,  xorijiy tillardan birida atamalarning mazmunini tushungan holda uni amalda foydalana olish.

UQTIRISH XATI

kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari va asosiy bosqichlarini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarishga o‘Informatika va axborot texnologiyalari (Informatika va AT) – o‘sib kelayotgan avlodga axborotlar bilan ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlarini puxta o‘zlashtirishni ta’minlashdan iborat. O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllanishi va o‘sishi ko‘p jihatdan axborot texnologiyalariga bog‘liqdir. Читать далее UQTIRISH XATI

Boshlang’ich ta’limni tashkil etishga texnologik yondoshuv

Hazratova Farida — BuxDU huzuridagi XTXQTUMOHM

Hozirgi kunda о’quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etishda an’anaviy usullardan farqli o’laroq, yangicha pedagogik yondoshuvlarni o’zlashtirish va ta‟lim jarayonida qo’llash zamon talabidir. Milliy dasturda bu masalaga alohida e’tibor berilgan. Albatta, ilg’or pedagogik texnologiyalar bizning fanimizga endigina kirib kelmoqda. Aslida esa ta‟limga texnologik yondoshuv masalasi rivojlangan horijiy davlatlarda bundan 40-yillar muqaddam paydo bo’lgan va ular bu sohada katta yutuqlarni qo’lga kiritgan.

Читать далее Boshlang’ich ta’limni tashkil etishga texnologik yondoshuv

BOSHLANG`ICH TA`LIMNI INTEGRATSIYALASH

Hazratova Farida — BuxDU huzuridagi XTXQTUMOHM

Ulug’ didaktik Yan Amos Komenskiy ta’kidlashicha: “Bir-biri bilan bog’liq bo’lgan
hamma narsa, huddi shunday holda o’rganilishi kerak”.
Fanlararo bog’liqlik g’oyasiga keyinchalik juda ko’p pedagoglar yondoshib, uni rivojlanishi va umumlashtirilishiga hissa qo’shdilar. D.Lokk g’oyasiga ko’ra: “Ta’lim mazmuning aniqlanishida bir fan boshqa fanlar elementlari va faktlari bilan to’ldirilishi kerak”.
I.V.Pestalossi o’zining didaktik maqolasida o’quv darsliklaridagi bog’liqlik masalasiga keng to’xtalib o’tar ekan: “Bir-biri bilan bog’liq fanlari ongiga keltir, ularni tabiatdagi uzviy bog’liqlik holatida ekanini angla” -deydi. Pestalossi bir fanning boshqa bir fandan uzoqlashuvi hatto havfliligini ta’kidlaydi.

 

Читать далее BOSHLANG`ICH TA`LIMNI INTEGRATSIYALASH

МАТЕМАТИКА ДАРСЛАРИДА МАСАЛАЛАР ЕЧИШДА КОМПЕТЕНЦИЯВИЙ ЁНДАШУВНИНГ НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ

Botirova Nigora

фасллари,кийим — кечак ва бошкалар, каби тасаввурлар бойитилиб, кенгайтирилиб, куриш ва
эшитиш, эсда сақлаб колиш хусусиятлари ривожлантирилиб борилади. Катта гуруҳларда
уйналадиган «Айтинг биз топамиз», «Топган топағон», «Ошқовоқ пишди», «Лой ўйини»,
«Боғбонлар» ўйинлари орқали меҳнатга мухаббат руҳи тарбияланиб боради.
Болалар қалбида мусиқага бўлган мухаббат ҳиссини оширишда мусиқий- таълимий
ўйинларнинг роли беқиёсдир. Тарбиячи болаларга турли хил мусиқа асбобларини кўрсатиб,
чалиб бериш орқали, чолғу асбобларининг овози ва тузилиши ва турлари билан таништириб
боради. «Овозидан топ», «Нимада чаляпман», «Қўнғироқ қандай жаранглаяпти» каби ўйинлар
орқали тарбиячи болаларга овоз ва чолғу асбобларининг товуш хусусиятларини фарқлашга
ўргатади. «Тапур-тупур қайрағоч», «Томга тош отдим», «Ўйнаб бер», «Санамалар», «Муштум
ва кафтчалар», «Ёмғир» каби миллий ўйинлар орқали болаларни мусиқа ритмига мос ҳаракат,
ўйинли ашулани ижро этиш, қарсаклар ва мимик ҳаракатларни тўғри бажаришга ўргатиб
борилади.

 

Читать далее МАТЕМАТИКА ДАРСЛАРИДА МАСАЛАЛАР ЕЧИШДА КОМПЕТЕНЦИЯВИЙ ЁНДАШУВНИНГ НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ

O’QUVCHILAR BILIMINI NAZORAT QILISHDA TEST DASTURLARINING AHAMIYATI

Botirova Nigora Koyirovna– BDU huzuridagi XTXQT va MOHM “Tabiiy va aniq fanlar metodikasi” kafedrasi o’qituvchilari.

Ta’lim jarayonida o’quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini shakllanish jarayonini nazorat qilish muhimdir. To`g`ri tashkil etilgan nazariy talablarni, olinayotgan bilimlarni yanada chuqurlashtirish va eng asosiysi ularning shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish uchun turli vositalarni tanlash imkonini bеradi.

 

Читать далее O’QUVCHILAR BILIMINI NAZORAT QILISHDA TEST DASTURLARINING AHAMIYATI